• image01
    Muhammad ibn Muso al Xorazmiy
  • image02
    Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad
  • image03
    Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad al Farg`oniy
  • image04
    Abu Ali al-Husayn ibn Sino

Ekspertlar eng foydasiz telefon funktsiyalarini o`rganib chiqishdi.

Ekspertlar eng foydasiz funksoyalarga ega telefonlar haqida o`rganib chiqishdi. Bu keraksiz funksiyalar uchun foydalanuvchilar otiqcha pul to`lab kelmoqda.

davomi...
Ekspertlar eng foydasiz telefon funktsiyalarini o`rganib chiqishdi.
close

Ekspertlar eng foydasiz funksoyalarga ega telefonlar haqida o`rganib chiqishdi. Bu keraksiz funksiyalar uchun foydalanuvchilar otiqcha pul to`lab kelmoqda.


Gazeta.ru nashrining xabar berishicha, bunday telefon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Apple, Samsung va Huawei kompaniyalari kabi “sun`iy aqlli” modullar bilan jihozlangan juda kuchli prosessorlar bilan smartfon ishlab chiqarishmoqda. Bunday prosessorlar juda qimmat va telefonlarning narxlarini yuqori bo`lishiga olib keladi. shuni aytish mumkinki, bu telefonlardagi funksiyalarni eski prosessorlar ham juda yaxshi bajara oladilar.


Ekspertlar bunday telefonlarga katta o`lchamli qimmatbaho displeylarni foydasiz deb hisoblashmoqda. Chunki bunday ekranlarda smartfon juda ko`p energiya sarflaydi. Bu telefon batareyalarining tez ishdan chiqishiga olib keladi. Force Touch, 3D Touch formatidagi ekranlar bunday qurilmalarni yanada qimmatroq bo`lishiga olib keladi.


Ekspertlar yana telefonlarga muvofiq kelmaydigan nomlanishlar, Dolby Atmos ko`p kanalli tovush vositalari va Super slow motion deb ataluvchi sekin xarakat bilan syomka qiluvchi funksiyalarni foydasiz deb topishdi.

Bunday kasb haqida eshitganmisiz???

Bu juda ajoyib, oxirgacha ko`ring!!!

davomi...
Bunday kasb haqida eshitganmisiz???
close

"Lenovo" 128 gigabayt tezkor xotiraga ega noutbuk yaratdi

"Lenovo" kompaniyasi asosan virtual reallik mo`ljallangan, biroq har qanday murakkab masalalarda foydalanish mumkin bo`lgan "ThinkPad P52" noutbugini taqdim etdi. Kompyuterning o`ziga xos jihati unga 128 gigabayt tezkor xotira o`rnatilganida, deb yozadi "Xabar" nashri.

davomi...
"Lenovo" 128 gigabayt tezkor xotiraga ega noutbuk yaratdi
close

"Lenovo" kompaniyasi asosan virtual reallik mo`ljallangan, biroq har qanday murakkab masalalarda foydalanish mumkin bo`lgan "ThinkPad P52" noutbugini taqdim etdi. Kompyuterning o`ziga xos jihati unga 128 gigabayt tezkor xotira o`rnatilganida, deb yozadi "Xabar" nashri.

Shuningdek, noutbukning ichki xotirasi 6 terabaytga teng.

"ThinkPad P52" 15,6 dyuymli 4K displey bilan jihozlangan. Noutbuk sakkiz yadroli so`nggi avlod "Intel Xeon" protsessorida va "NVIDIA Quadro P3200" videokartasida ishlaydi.

Umuman olganda, bu oddiy noutbuk. Unda uchta "Thunderbold" porti, uchta to`liq o`lchamli "USB", "HDMI", mini "Display Port" mavjud. Bundan tashqari kompyuterga barmoq izi skaneri va tunda klaviaturalarni yoritib turish tizimi o`rnatilgan.

Iyun oyida sotuvga chiqadigan noutbuk narxi hozircha ma`lum emas. Ayni vaqtda Rossiyada "Lenovo"ning eng qimmat noutbugi 3200 dollardan sotilmoqda, biroq "ThinkPad P52" undan ancha qimmat bo`lishi aniq.

    YouTube`dagi ommabop kanallar pulli bo`ladi

    YouTube ommaviy kanallarga obuna bo`lish uchun to`lovni joriy qilishni ko`zlamoqda. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

    davomi...
    YouTube`dagi ommabop kanallar pulli bo`ladi
    close

    Ta`kidlanishicha, o`zgarishlar 100 mingdan ortiq obunachiga ega blogerlarga taalluqli bo`ladi. "Obuna" o`rniga ular fan-klub tuzishi mumkin bo`ladi, unga a`zolik uchun foydalanuvchi oyiga 4,99 dollar to`laydi. Bu pullar evaziga foydalanuvchi qo`shimcha kontentga kirish, eksklyuziv jonli efir kabi kengaytirilgan imkoniyatlarga ega bo`ladi.

    Bundan tashqari, kanallar egalari ularning blogi mavzusi bilan bog`liq mahsulotlar «peshtaxtasi»ni tuzishi mumkin. Shu tariqa videoblogerlar Instagram`dagi top-akkauntlar egalari kabi daromad olishi ko`zda tutilmoqda.

    Ahmad Farg`oniyning noyob asari Farg`onaga olib kelindi

    Ahmad Farg`oniy nomidagi Farg`ona viloyati axborot kutubxona markaziga Turkiya milliy kutubxonasi tomonidan qimmatli manbaa - Ahmad Farg`oniyning turk tilida nashr qilingan nodir kitobi taqdim etildi.

    davomi...
    Ahmad Farg`oniyning noyob asari Farg`onaga olib kelindi
    close

    O`zbekiston va Turkiya o`rtasida imzolangan memorandumga asosan, mamlakatimiz vakillari Anqarada bo`lib kutubxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishgan edilar. Ana shu ijodiy safar samarasi natijasida Ahmad Farg`oniyning asosiy noyob astronomik asari "Kitob al-harakat as-samoviya va javomi` ilm an-nujum" ("Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi") viloyat axborot kutubxona markazidan joy oldi. Ushbu astronomik kitob XII - XIII asrlarda Evropada lotin tiliga ikki marta, Evropa davlatlari tillariga bir necha marotaba tarjima qilinib universitetlarda astronomiyadan asosiy darslik sifatida qo`llanilgan. 1669 yili mashhur Golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius al-Farg`oniy asari arabcha matnini qayta va yangilangan lotincha tarjimasi bilan nashr ettirganidan so`ng, al-Farg`oniy shaxsiyati va uning asari Evropada shuhrat qozondi.

    "Ahmad Farg`oniyning 1119 yilda yozilgan ushbu asari dunyoda yagona nusxa va u Turkiya milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Shu kungacha kutubxonamizda allomaning hayoti va ijodi haqida ma`lumotlar, turli olimlarning risolalari bo`lsa-da, bazamizda unga tegishli birorta asar yo`q edi. Turkiya milliy kutubxonasi bilan bevosita hamkorligimiz natija berganidan va taklifimiz qanoatlantirilganidan juda xursand bo`ldik. Turk tilidagi tarjima kitobi axborot texnologiyalardan yuqori unumda foydalanilgan holda chop etilgan. Kitobda asarning tarjimasi bilan birgalikda foto nusxasi ham keltiriladi", - deydi viloyat axborot kutubxona markazi direktori Shohidbek Aslonov.

    Akkumlyatorning ishlash muddatini uzaytirishning 5 uslubi

    Telefoningizni o`chiring Telefon ko`proq ishlab berishi uchun uni bir haftada bir marotaba bo`lsa ham bir oz vaqtga o`chiring, kamida 2 soatga!

    davomi...
    Akkumlyatorning ishlash muddatini uzaytirishning 5 uslubi
    close

    1. Telefoningizni o`chiring Telefon ko`proq ishlab berishi uchun uni bir haftada bir marotaba bo`lsa ham bir oz vaqtga o`chiring, kamida 2 soatga! Bu akkumlatorga foyda bo`ladi va sizni internetdan maqsadsiz foydalanishdan saqlaydi.

    2. Smartfoningizni to`g`ri zaryadlang Agar telefon butun tun davomida zaryadlansa, u 100% zaryad oladi. Bu esa u uchun zararli! Telefoningizni 95-98 % zaryadlang, shunda u ko`proq vaqt xizmatingizda bo`ladi. Shuningdek telefoningizning zaryadi butunlay tugashini kutmang! Litium-ion batareyalari o`z vazifalarini 50-80% zaryadlanganida yaxshi amalga oshiradilar.

    3. Faqat original zaryad moslamasidan foydalaning Zaryad qilish moslamalari ko`pincha buziladi yoki yo`qolib qoladi. Shunday hollarda arzon qalbaki moslamani olishni istash mumkin. Lekin bunday qilmag! Agar moslama qalbaki bo`lsa, u telefoningizning nosozliklariga sabab bo`lishi mumkin.

    4. Geolokatsiya xizmatini o`chirib qo`ying Faqatgina bir nechta eng kerakli ilovalarda geolokatsiya xizmatini yoqib qoldiring. Shunda siz batareya zaryadini va uni vaqtidan avval ishdan chiqishini oldini olasiz.

    5. "Push"-xabarlarni o`chirib qo`ying "Push"-xabarlar — akkumlatorning eng yomon "dushmanlaridir". Ularning har doim moslamangizga hujum qilishiga yo`l qo`ymang. Faqat eng muhim ilovalardan keladigan xabarlarni yoqib qo`ying!